Xonsaroy Money

“DEVOR INVESTMENT VA KOMPANIYA KOMMANDIT SHIRKAT” kommandit shirkati To’liq sheriklari umumiy yig’ilishining 11.08.2025 yildagi №ОС-ПР-0006-sonli bayonnomasi bilan TASDIQLANGAN

“DEVOR INVESTMENT VA KOMPANIYA KOMMANDIT SHIRKAT” KOMMANDIT SHIRKATINING TA’SIS SHARTNOMASI (YANGI TAHRIRDA)

ASOSIY QOIDALAR

1.1. “Devor Investment va kompaniya kommandit shirkat” kommandit shirkati (bundan keyin – “Shirkat”) O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, xususan, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va 2001 yil 6 dekabrdagi 308-II-sonli “Xo’jalik shirkatlari to’g’risida”gi qonuniga (bundan keyin – “O’zbekiston Respublikasi Qonuni”) muvofiq tashkil etilgan.1.2. Shirkat tijorat tashkiloti bo’lib o’zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo’ladi, o’z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo’lishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.1.3. Shirkatning ishtirokchilari to’liq sheriklar va hissa qo’shuvchilardir (bundan keyin birgalikda – “Ishtirokchilar”). Shirkatning to’liq sheriklari (bundan keyin– “To’liq sheriklar”) quyidagi shaxslar hisoblanadi: “Devor Investment” mas’uliyati cheklangan jamiyat (STIR: 311773769), O’zbekiston Respublikasi qonunchilikiga muvofiq №2657845 raqami bilan 05.12.2024 davlat ro’yxatidan o’tkazilgan va joylashgan manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Axilobod MFY, 13-mavze, 72-uy; Yakka tartibdagi tadbirkor “Avazov Abdurasul Abdulxayevich” (JShShIR: 32907840220016), O’zbekiston Respublikasi qonunchilikiga muvofiq №6619139 raqami bilan 05.12.2024 yilda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan va joylashgan manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Axilobod MFY, 13-mavze, 72-uy. Ishtirokchilarning to’liq ro’yxati, shu jumladan Shirkatning hissa qo’shuvchilari ro’yxati (bundan keyin – “Hissa qo’shuvchilar”) ushbu Shirkat ta’sis shartnomasining (bundan keyin – “Ta’sis shartnomasi”) 1-ilovasida ko’rsatilgan. 1.4. Shirkatning joylashgan manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Axilobod MFY, 13-mavze, 72-uy.1.5. Shirkatning o’zbek tilidagi to’liq firma nomi: «Devor Investment va kompaniya kommandit shirkat» Kommandit shirkati Shirkatning o’zbek tilidagi qisqartirilgan firma nomi: «Devor Investment va kompaniya kommandit shirkat» KSh Shirkatning rus tilidagi to’liq firma nomi: Коммандитное товарищество «Devor Investment va kompaniya kommandit shirkat». Shirkatning rus tilidagi qisqartirilgan firma nomi: КТ «Devor Investment va kompaniya kommandit shirkat». 1.6. Shirkat muddati cheklanmagan holda ta’sis etiladi. 1.7. Shirkat o’zining to’liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va Shirkatining joylashgan yeri ko’rsatilgan dumaloq muhrga ega. Shirkatining muhrida uning firma nomi Shirkatining tanloviga ko’ra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin. 1.8. Shirkat o’zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o’z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi o’zga vositalarga ega bo’lishga haqli. 1.9. Shirkat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan hisoblanadi. 1.10. Shirkat faoliyatini boshqarish To’liq sheriklar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda To’liq sheriklar tomonidan boshqarish va uning ishlarini yuritish tartibi ular tomonidan ushbu Ta’sis shartnomasi va O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi. 1.11 Shirkatning investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lmagan xo’jalik xarajatlari (xodimlarga ish haqi to’lash, binolarni ijaraga olish, kommunal xizmatlar uchun to’lovlar, marketing xarajatlari, ma’muriy xarajatlar hamda To’liq sheriklar ixtiyoriga ko’ra boshqa joriy xarajatlar) To’liq sheriklar mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi - bevosita yoki bilvosita tarzda, shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmagan holda, To’liq sheriklar bilan affillangan yoki ularning nazorati ostidagi boshqa yuridik shaxslar orqali.1.12. Hissa qo’shuvchilar kommandit Shirkatni boshqarishda va uning ishlarini yuritishda ishtirok etishga ishonchnomasiz boshqa har qanday tarzda uning nomidan ish ko’rishga haqli emaslar. Hissa qo’shuvchilar Shirkatni boshqarish va uning ishlarini yuritish bo’yicha To’liq sheriklarning xatti-harakatlari xususida bahslashishga haqli emaslar.

MAQSADLAR VA FAOLIYAT TURLARI

2.1. Shirkatning asosiy maqsadi ko’chmas mulk, shu jumladan uy-joylarni qurish loyihalariga investitsiya kiritish orqali foyda olishdir. 2.2. Shirkat quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi: tijorat faoliyati va boshqaruv va investitsiya masalalari bo’yicha qonunchilikda taqiqlanmagan tartibda maslahatlar berish; ko’chmas mulk, shu jumladan uy-joylarni qurish loyihalarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatiga, ustav kapitaliga kirish yoki boshqa vositalar bilan moliyalashtirish yo’li bilan investitsiya kiritish; sho’ba korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish (xususan, moliyaviy resurslarni jalb qilish va sho’ba korxonalarni mablag’ bilan ta’minlash); qurish loyihalarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni va boshqa ko’chmas mulklarni ishonchli boshqarish faoliyatini amalga oshirish; amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha turlarini amalga oshirish; turar va noturar ko’chmas mulklarni sotib olish, sotish, (moliyaviy) ijaraga olish va (moliyaviy) ijaraga berish; turar va noturar ko’chmas mulklarni qonunchilikda belgilangan tartibda boshqarish; qurish loyihalari va/yoki ko’chmas mulklar bilan bog`liq bo`lgan qimmatli qog’ozlarga va boshqa investitsiya vositalariga investitsiyalar kiritish; ko’p qavatli uylarni, shu jumladan ko’p qavatli uylarning joylarini boshqarish bo’yicha boshqaruv kompaniyasi faoliyatini amalga oshirish; 2.3. Shirkat qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirishi mumkin .2.4. Litsenziya yoki maxsus ruxsatnomalar talab qilinadigan faoliyatning barcha turlari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bunday litsenziya yoki ruxsatnoma olinganidan keyin amalga oshiriladi.

SHIRKAT FILIALLARI VA VAKOLATXONALARI

3.1. Shirkat O’zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq To’liq sheriklar umumiy yig’ilishining qarori asosida filiallar va vakolatxonalar tashkil etishi mumkin. Shirkat o’zi tashkil etgan filial va vakolatxonalar faoliyati uchun javobgardir. Tashkil etilgan vaqtda Shirkatning filiallari yoki vakolatxonalari mavjud emas.

SHIRKAT ISHTIROKCHILARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1. Shirkat ishtirokchilari To’liq sheriklar va Hissa qo’shuvchilar hisoblanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va tijorat tashkilotlari Shirkatda To’liq sheriklar bo’lishlari mumkin. Shirkatning Hissa qo’shuvchilari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, Shirkatning To’liq sheriklari va Hissa qo’shuvchilari bo’lish huquqiga ega emaslar.4.2. To’liq sheriklarning huquqlari:O’zbekiston Respublikasi Qonunida va Shirkatning mazkur Ta’sis shartnomasida belgilangan tartibda Shirkatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish; To’liq sheriklar umumiy yig’ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bo’yicha qarorlarni rasmiylashtirish va ulari imzolash; ushbu Ta’sis shartnomasi hamda unga kiritiladigan o’zgartirish va qo’shimchalarni mustaqil ravishda Hissa qo’shuvchilarning roziligisiz o’z qarori asosida davlat ro’yxatidan o’tkazish; Shirkatda Hissa qo’shuvchi sifatida ishtirok etish istagini bildirgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojаatini (og’zaki, yozma va elektron) ko’rib chiqish va hal etish; Hissa qo’shuvchilarni Shirkatga qabul qilish to’g’risida qaror qabul qilish; Hissa qo’shuvchilarning Shirkatdan chiqishi borasida qaror qabul qilish; Shirkatning faoliyati to’g’risida maʼlumot olish va uning buxgalteriya daftarlari, Shirkatning Ishtirokchilari ro’yxati va boshqa hujjatlar, shu jumladan shartnomalar va boshqa bitimlar, ichki qarorlar, buyruqlar, yo’riqnomalar va qoidalar bilan tanishish; Shirkatning foydasini taqsimlashda ishtirok etish; Ustav kapitalidagi o’z ulushini yoki ulushining bir qismini O’zbekiston Respublikasi Qonunida va Ta’sis shartnomasida belgilangan tartibda uchinchi shaxsga sotish yoki boshqacha tarzda tasarrufidan chiqarish; O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq o’z ulushini uchinchi shaxs yoki Shirkat boshqa ishtirokchisiga berish yo’li bilan Shirkat tarkibidan chiqish; Shirkat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda olish.To’liq sheriklarning majburiyatlari:O’zbekiston Respublikasi Qonunida va Shirkatning Ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda, miqdorlarda va muddatlarda Ustav kapitaliga o’z hissalarini kiritish; Maxfiyligini ta’minlash talabi belgilangan Shirkat faoliyatiga oid sir saqlanishi lozim bo’lgan ma’lumotni oshkor qilmaslik; ularning nomi, yashash joyi yoki joylashgan joyi to’g’risidagi maʼlumotlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutuilgan hollarda ularning Ustav kapitalidagi ulushlari to’g’risidagi maʼlumotlar o’zgarganligi to’g’risida Shirkatni zudlik bilan xabardor qilish. Agar To’liq sheriklar o’zlari haqidagi ma’lumotlarning o’zganligi to’g’risida ma’lumot taqdim etmagan taqdirda, Shirkat shu sababli yetkazilgan zararlar uchun javobgar bo’lmaydi. Shirkatga nisbatan o’z zimmasiga olgan har qanday majburiyatlarni bajarish;4.4. Hissa qo’shuvchilarning huquqlari:ta’sis shartnomasida belgilangan tartibda Shirkat foydasining bir qismini uning Ustav kapitaliga qo’shgan ulushiga mutanosib ravishda olish; Shirkatning yillik hisobotlari va balanslari bilan tanishish; moliyaviy yil oxirida Shirkatni tark etish va o’z ulushini qaytib olish mazkur Ta’sis shartnomasining 15-bo’limida belgilangan tartibda amalga oshiriladi; To’liq sheriklar roziligi bilan Ustav kapitalidagi o’z ulushini yoki uning bir qismini boshqa Hissa qo’shuvchilarga yoki uchinchi shaxsga berish. Hissa qo’shuvchilar o’z ulushini (ulushning bir qismini) uchinchi shaxsga taklif qilingan bahoda sotib olishda uchinchi shaxslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanadilar. Hissa qo’shuvchilar tomonidan butun ulushining o’zga shaxsga o’tkazilishi uning Shirkatdagi ishtirokini tugatadi; Shirkat tugatilgan taqdirda, shu jumladan u bankrot bo’lgan taqdirda, Hissa qo’shuvchilar Shirkatning kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qoladigan mol-mulkidan ulushlar olishda To’liq sheriklar oldida imtiyozli huquqqa egadirlar.4.5. Hissa qo’shuvchilarning majburiyatlari:Hissa qo’shuvchi sifatida “Xonsaroy Money” elektron platformasida (“Platforma”) ro’yxatdan o’tgan bo’lish. Ariza topshirish vaqtida Ustav kapitaliga o’z ulushini to’liq miqdorda kiritgan bo’lish. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq o’z ulushlari (ulushlarning bir qismi) bilan bog’liq barcha operatsiyalarni va boshqa shaxslar foydasiga voz kechish bilan bog’liq boshqa jarayonlarini amalga oshirish uchun Platforma orqali rozilik olish. Shirkatning ishlarini boshqarishda To’liq sheriklarga xalaqit qilmaslik va ishlariga aralashmaslik; kiritgan ulushi doirasida Shirkatning zararlarida ishtirok etish;4.6. Ishtirokchilar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega

5. SHIRKATNING USTAV FONDI (USTAV KAPITALI)

5.1. Shirkatning ustav kapitali (bundan keyin – "Ustav kapitali") uning Ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan tarkib topadi. 5.2. Ustav kapitalining nominal qiymati 14 539 491 140,00 (O'n to'rt milliard besh yuz o'ttiz to'qqiz million to'rt yuz to'qson bir ming bir yuz qirq) so'mni tashkil etadi va quyidagi tartibda taqsimlanadi: Ishtirokchining turi | Umumiy soni | Ulushning nominal qiymati (so'mda) | Ulush foizda To'liq sheriklar | 2 | 39 000 000,00 | 0,27% Hissa qo'shuvchilar | 132 | 14 500 491 140,00 | 99,73% Jami | 134 | 14 539 491 140,00 | 100% 5.3. To'liq sheriklar va Hissa qo'shuvchilarning Ustav kapitalidagi ulushlarining nominal qiymati va foiz taqsimoti Ta'sis shartnomasining ilovasida belgilanadi. 5.4. Ishtirokchi ulushining haqiqiy qiymati uning Ustav kapitalidagi ulush miqdoriga mutanosib ravishda Shirkat sof aktivlari qiymatining bir qismiga to'g'ri keladi. 5.5. Shirkat davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan paytga qadar uning har bir ishtirokchisi o'z ulushining kamida o'ttiz foizini Ustav kapitaliga kiritishi shart. Ulushning qolgan qismi Shirkat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran 1 (bir) yildan oshmagan muddatda kiritilishi lozim. 5.6. To'liq sheriklar Ustav kapitaliga pul mablag'lari, ko'chmas mulk, qimmatli qog'ozlar, xo'jalik jamiyatlaridagi ulushlar, mulkiy huquqlar, mulk va pul qiymatiga ega bo'lgan hamda boshqa shaxsga berish mumkin bo'lgan mulkiy huquqlardan hissa qo'shish orqali tuzilishi mumkin. To'liq sheriklar va Hissa qo'shuvchilari tomonidan qo'shilgan mulk yoki mulkiy huquqlarning qiymati To'liq sheriklarning umumiy yig'ilishining qarori bilan tasdiqlanadi. 5.7. Shaxs faqat To'liq sheriklarning umumiy yig'ilishining roziligi va qarori bilan To'liq sherik bo'lishi mumkin. 5.8. Ishtirokchilar hissalar Ustav kapitalini tashkil etishini tushunishadi va Ishtirokchilar tomonidan hissa qo'shilganligi Shirkat tomonidan Ishtirokchilarga beriladigan ishtirok to'g'risidagi sertifikat bilan tasdiqlanadi. 5.9. Hissa qo'shuvchilar o'z ulushini boshqa shaxsga o'tkazmasdan yoki sotmasdan Shirkatdan chiqish huquqidan foydalanmoqchi bo'lsa, bu haqida moliya yili tugatilishidan avval Shirkatga yozma murojaat etishi lozim. Hissa qo'shuvchi Shirkatdan chiqishi faqatgina moliya yili tugaganidan keyin To'liq sheriklar umumiy yig'ilishi qaroriga ko'ra hal etiladi. Bunda Hissa qo'shuvchining ulushi mazkur Ta'sis shartnomasining 15.2. va 15.4. bandlariga muvofiq qaytarib beriladi.

6. SHIRKAT USTAV KAPITALINI KO’PAYTIRISH VA KAMAYTIRISH

6.1. Ustav kapitalini ko’paytirishga u to’liq to’langanidan keyingina yo’l qo’yiladi. Ustav kapitalining ko’paytirilishi To’liq sheriklar umumiy yig’ilishining bir ovozdan qabul qilingan qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.6.2. Ustav kapitalining ko’paytirilishi Shirkat mol-mulki hisobiga va/yoki Ishtirokchilarning qo’shimcha hissalari hisobiga va/yoki Shirkatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga O’zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin.6.3. Ustav kapitalini Shirkatning mol-mulki hisobidan ko’paytirish to’g’risidagi qaror faqat bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun Shirkatning buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida qabul qilinishi mumkin. 6.4. Ustav kapitali Shirkatning mol-mulki hisobiga ko’paytiriladigan summa Shirkat sof aktivlarining qiymati bilan Ustav kapitali summasi o’rtasidagi farqdan ortiq bo’lmasligi kerak.6.5. Shirkat o’z Ustav kapitalini kamaytirishga haqli, O’zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda esa kamaytirishga majburdir. Ustav kapitalini kamaytirish Ishtirokchilarning Ustav kapitalidagi ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish va (yoki) Shirkatga tegishli ulushlarning haqini to’lash orqali amalga oshirilishi mumkin.6.6. Ishtirokchilar ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yo’li bilan Ustav kapitalini kamaytirish Ishtirokchilar ulushlarining miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilmog’i lozim. 6.7. Ustav kapitalini kamaytirish bilan bog’liq Ta’sis shartnomasidagi o’zgartishlar yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran Ishtirokchilar va uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.

7. ISHTIROKCHINING SHIRKAT USTAV KAPITALDAGI ULUSHINI (ULUSHNING BIR QISMI) BOSHQA ISHTIROKCHILARGA VA UCHINCHI SHAXSLARGA O’TISHI

7.1. Ishtirokchi Ustav kapitalidagi o’z ulushini yoki uning bir qismini Shirkatning boshqa Ishtirokchisiga yoxud uchinchi shaxsga sotish yoki boshqaсha tarzda boshqa shaxsga berishga haqli bo’lib, bunda o’z ulushsini sotayotgan Ishtirokchi quyidagi shartlarga rioya qilishi lozim: To’liq sheriklarning roziligini olishi; Bu haqida Shirkatni xabardor qilish yo’li bilan boshqa Ishtirokchilarga ma’lum qilish va o’z ulushsini (ulushning bir qismini) boshqa Ishtirokchilarga imtiyozli sotib olish huquqi asosida sotib olish taklifini jo’natish. 7.2. Ishtirokchilar, har qanday Ishtirokchi tomonidan ulush (ulushning bir qismi) sotilayotgan taqdirda, uchinchi shaxslar oldida sotib olishda imtiyozli huquqga egadirlar. Ushbu huquqdan har bir Ishtirokchi foydalanishi mumkin. 7.3 Ishtirokchilar taklif etilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) Shirkatdan elektorn xabarnoma olgan kundan boshlab 10 (o’n) kalendar kun ichida sotib olish huquqiga egadirlar. 7.4. Ulushni (ulushning bir qismini) imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirish istagida bo’lgan Ishtirokchi o’z ulushini (ulushning bir qismini) sotishni taklif etayotgan Ishtirokchini va Shirkatni 10 (o’n) kunlik muddatda bu haqda xabardor qilishi, bunda sotishga taklif etilayotgan ulushni to’liq yoki uning muayyan qismini sotib olmoqchi ekanligini ko’rsatishi kerak. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulushning miqdoridan oshmasa, Ishtirokchilardan har biri ulushning o’z xabarnomasida ko’rsatgan qismini sotib oladi. Agar ulushning qolgan qismi uchinchi shaxs ixtiyoriga o’tkazilguniga qadar Ishtirokchilaridan qo’shimcha takliflar kelib tushmasa, bunday qism uchinchi shaxsga o’tkazilishi mumkin. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulush (ulushning bir qismi) miqdoridan oshsa, Ishtirokchilar, Ustav kapitalidagi o’z ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda sotib oladi.7.5. Ishtirokchilar sotish uchun taklif qilinayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqdan shunday xabar berilgan kundan e’tiboran 10 (o’n) kun ichida foydalanmagan taqdirda, ulush (ulushning bir qismi) Shirkatga va Ishtirokchilarga ma’lum bo’lgan bahoda va shartlarda uchinchi shaxsga sotilishi mumkin. 7.6. Ulush (ulushning bir qismi) boshqa shaxsga berilganda ulushni (ulushning bir qismini) bergan Ishtirokchining huquqi to’laligicha yoki huquqning tegishli qismi unga o’tadi. Ulush (ulushning bir qismi) berilgan shaxs Shirkatning majburiyatlari bo’yicha Ta’sis shartnomasida belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.7.7. Ishtirokchining ulushi to’liq to’lanmaguncha faqat to’langan qismida tasarrufdan chiqarilishi mumkin.7.8 Ishtirokchi vafot etgan taqdirda, uning merosxo’ri faqat boshqa To’liq sheriklarning roziligi bilan shirkatga kirishi mumkin. Shirkatda ishtirok etgan qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisi bo’lgan yuridik shaxs To’liq sheriklarning roziligi bilan shirkatga kirishga haqli.

8. SHIRKAT ORGANLARI

8.1. Quyidagilar Shirkatning boshqaruv organlari hisoblanadi: Shirkat To’liq sheriklarining umumiy yig’ilishi (bundan keyin – “To’liq sheriklarning umumiy yig’ilishi”); Yakkaboshchilik asosida ijro etuvchi organi.8.2. To’liq sheriklarning umumiy yig’ilishi Shirkatning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Shirkatning yakkaboshchilik asosida ijro etuvchi organi Bosh direktor hisoblanadi (bundan keyin – “Bosh direktor”).8.3. Joriy faoliyatni va Shirkatning ishlarini boshqarish Bosh direktor tomonidan amalga oshiriladi. Bosh direktor To’liq sheriklarining umumiy yig’ilishiga hisobot beradi.

9. SHIRKAT TO’LIQ SHERIKLARINING UMUMIY YIG’ILISHI

9.1. To’liq sheriklarning umumiy yig’ilishi Shirkatning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. To’liq sheriklarining umumiy yig’ilishining vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha qarorlar O’zbekiston Respublikasi qonunchilikga muvofiq oddiy yozma shaklda qabul qilinadi. 9.2. To’liq sheriklari umumiy yig’ilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi: Shirkat faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilash va Shirkatning boshqa uyushmalar va tijorat tashkilotlarida ishtirok etishi to’g’risida qarorlar qabul qilish; Bosh direktorni saylash va uning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish, Bosh direktor bilan shartnoma shartlarini tasdiqlash, Bosh direktorning mehnatiga haq to’lash va pul kompensatsiyasi miqdorini belgilash;Taʼsis shartnomasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, Ustav kapitali hajmini, Shirkat nomini, Shirkat joylashgan joyini o’zgartirish; Shirkat foydasini (zararini) uning Ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash to’g’risida qaror qabul qilish; Ustav kapitalini ko’paytirish va kamaytirish to’g’risida qarorlar qabul qilish; yillik hisobotlar va yillik buxgalteriya balanslarni tasdiqlash; Shirkatning ichki faoliyatini (shirkatning ichki hujjatlarni) tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish), shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, Shirkat organlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni, tasdiqlanishi faqat Bosh direktorning vakolatiga kiradigan hujjatlar bundan mustasno; Shirkatning filiallari va/yoki vakolatxonalarini tashkil etish/tugatish to’g’risida qarorlar qabul qilish; Shirkatni qayta tashkil etish va tugatish; O’zbekiston Respublikasi Qonunida va ushbu Ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.

10. YAKKABOSHCHILIK ASOSIDA IJRO ETUVCHI ORGAN

10.1. Bosh direktor Shirkat faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi va To’liq sheriklar umumiy yig’ilishiga hisobot beradi. 10.2. Bosh direktor Shirkatning To’liq sheriklarining umumiy yig’ilishi tomonidan 3 (uch) yil muddatga tayinlanadi. Ushbu muddatdan keyin Bosh direktor cheklanmagan miqdorda qayta saylanishi mumkin. Bosh direktorning vakolat muddati To’liq sheriklarning umumiy yig’ilishining qarori bilan muddatidan oldin tugatilishi mumkin. 10.3. Bosh direktor Shirkatning Ta’sis shartnomasi, mehnat shartnomasi va To’liq sheriklarning umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan Shirkatning boshqa ichki qoidalariga muvofiq Shirkat nomidan ish yuritadi va qarorlar qabul qiladi. 10.4. Bosh direktor va Shirkat o’rtasidagi shartnomalar To’liq sheriklarning umumiy yig’ilishining qarori bilan bunga vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanadi. 10.5. Bosh direktor, O’zbekiston Respublikasi Qonuni va Ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan cheklovlarni hisobga olgan holda: ishonchnomasiz, Shirkat nomidan ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi; Shirkat nomidan vakillik qilish uchun ishonchnomalar, shu jumladan boshqa shaxsga o’tkazish huquqini beradigan ishonchnomalar beradi;Shirkat xodimlarini lavozimga tayinlash, ularni boshqa joyga o’tkazish va ishdan bo’shatish to’g’risida buyruqlar chiqaradi, rag’batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo’llaydi; joriy va istiqboldagi ish rejalarini ko’rib chiqadi;Shirkat faoliyati rejalarining bajarilishini ta’minlaydi; Shirkatning joriy faoliyatiga oid ichki hujjatlarni tasdiqlaydi; Shirkatning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi; To’liq sheriklar umumiy yig’ilishi qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi;To’liq sheriklarning umumiy yig’ilishiga ko’rib chiqish uchun kiritilgan masalalar bo’yicha materiallar, loyihalar va takliflar tayyorlaydi;O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida, mazkur Ta’sis shartnomasida va Shirkatning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan talab va cheklovlarni hisobga olgan holda, Shirkat mulkini tasarruf etadi;Shirkatning, uning filiallari va vakolatxonalari shtat jadvallarini tasdiqlaydi;bank muassasalarida Shirkatning hisob raqamini, valyuta va boshqa hisob raqamlarini ochadi; O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida, ushbu Taʼsis shartnomasida va Shirkatning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan talab va cheklovlarni hisobga olgan holda shartnomalar va boshqa bitimlar tuzadi;buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil qiladi;Shirkatning yillik hisoboti va balansini Shirkat To’liq sheriklarining umumiy yig’ilishiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;yillik va navbatdan tashqari yig’ilishni hamda To’liq sheriklar umumiy yig’ilishining qarorlarini qabul qilishini tashkil etadi;Shirkatning joriy faoliyati bilan bog’liq boshqa masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi.bunday bitimlarni tuzish to’g’risidagi qaror qabul qilinadigan muddatidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlangan Shirkat mol-mulki qiymatining 30 (o’ttiz) foizidan ortiq qiymatga ega bo’lgan mol-mulkni Shirkatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki Shirkat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bog’liq bo’lgan yirik bitimni tasdiqlash to’g’risidagi qarorni faqat To’liq sheriklarning umumiy yig’ilishining roziligi va qarorini olgandan keyin amalga oshiradi;O’zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etadi.10.6. Zarur bo’lganda, To’liq sheriklarning umumiy yig’ilishi Bosh direktorning harakatlarini keyinchalik tasdiqlash to’g’risida ham qaror qabul qilishi mumkin.

11. SHIRKAT FOYDASI VA ZARARLARINI TAQSIMLASH

11.1. Shirkat foydasi uning ishtirokchilari o'rtasida quyidagicha tartibda taqsimlanadi: • Shirkat sof foydasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda, ya'ni har chorakda yoki yil yakunlari bo'yicha taqsimlanishi mumkin. Shirkat sof foydasini taqsimlash muddatlarini To'liq sherik belgilaydi; • Shirkat sof foydasini To'liq sheriklar va Hissa qo'shuvchilar o'rtasida taqsimlanuvchi ulushlarini aniqlash uchun, Shirkat buxgalteriya hisobi ma'lumotlari asosida har bir oldingi hisob davri bo'yicha sof foyda (yoki zarar) hajmi quyida keltirilgan formula bo'yicha hisoblanadi; • Sof foyda (foydaning zaxira fondiga (agar mavjud bo'lsa) ajratmalar ushlab qolinganidan keyingi yoki ushbu zaxira hajmidan oshuvchi summa) To'liq sheriklar va Hissa qo'shuvchilar o'rtasida quyidagi tartibda taqsimlanadi: Barcha Ishtirokchilar (To'liq sheriklar va Hissa qo'shuvchilar) bo'yicha kiritilgan kapitalning vaznlangan o'rtacha qiymatiga to'g'ri keluvchi foyda ulushi quyidagi formula asosida aniqlanadi: **FU = SF × (IVO'K / UO'K)** bu yerda: **FU** – Ishtirokchining kiritgan vaznlangan o'rtacha kapitaliga to'g'ri keluvchi foyda ulushi, Shirkatning buxgalteriya hisobotiga muvofiq; **SF** – taqsimlanadigan sof foyda; **IVO'K** – Ishtirokchining vaznlangan o'rtacha kapitali, quyidagi formula asosida aniqlanadi: **IVO'K = Hissa qiymati * Kapitalning Shirkatda bo'lgan oylari soni.** Oy deb joriy oyning 25-sanasidan keyingi oyning 25-sanasigacha bo'lgan kalendar davr tushuniladi; **UO'K** – Shirkat bo'yicha umumiy vaznlangan o'rtacha kapital, quyidagi formula asosida aniqlanadi: **UO'K = Jamiyat bo'yicha barcha IVO'Klarning yig'indisi.** • Ishtirokchining kiritgan vaznlangan o'rtacha kapitaliga to'g'ri keluvchi foyda ulushi Shirkat va Hissa qo'shuvchilar o'rtasida quyidagi tartibda taqsimlanadi: Foyda ulushi qiymati | Shirkat ulushi | Hissa qo'shuvchilar ulushi Foyda qiymatining birinchi qismi — Hissa qo'shuvchilarning haqiqiy ulush qiymatining 30% gacha bo'lgan miqdorini tashkil etadi | 30% | 70% Foyda qiymatining ikkinchi qismi (ya'ni yuqorida ko'rsatilgan birinchi qismdan tashqari qolgan qism) — Hissa qo'shuvchilarning haqiqiy ulushi qiymatining 30% dan ortiq bo'lgan qismiga to'g'ri keladi | 90% | 10% • Shirkatning belgilangan davr yakunlari bo'yicha To'liq sheriklar va Hissa qo'shuvchilar o'rtasida taqsimlanadigan foyda hajmi ushbu davrga tegishli bo'lgan har bir oy yakunlari bo'yicha aniqlangan foyda yoki zararlarning yig'indisi sifatida aniqlanadi; 11.2. Shirkat foydani taqsimlashda Ishtirokchilarga to'lanadigan foyda miqdorini barqarorlashtirish maqsadida zaxira fondini tashkil etishi mumkin. Zaxira fondi faqatgina foyda darajasini barqarorlashtirish maqsadida sarflanadi. Shirkat tugatilganda zaxira fondi qoldig'i hayriya tashkilotiga o'tkazilishi shart. Zaxira fondini shakllantirish va sarflash tartibi Shirkatning alohida nizomi bilan belgilanadi. Ishtirokchilar Shirkatga ishtirokchi sifatida kirishlari bilan foydaning tebranish zaxirasini shakllantirish va sarflash tartibiga o'z roziliklarini bildirganliklarini tasdiqlaydilar. 11.3. Shirkatning zarari uning Ishtirokchilari o'rtasida ularning Ustav kapitalidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 11.4. Agar Shirkat tomonidan ko'rilgan zararlar oqibatida Shirkat sof aktivlarining qiymati uning Ustav kapitali miqdoridan kamayib ketsa, sof aktivlar qiymati Ustav kapitali miqdoridan oshmagunga qadar Shirkat tomonidan olingan foyda Ishtirokchilar o'rtasida taqsimlanmaydi. 11.5. Ishtirokchilar o'rtasida taqsimlanadigan foyda qismini aniqlash to'g'risidagi qaror To'liq sheriklar tomonidan qabul qilinadi. 11.6. Shirkat quyidagi hollarda o'z foydasini Ishtirokchilar o'rtasida taqsimlash to'g'risida qaror qabul qilishga haqli emas: • Ishtirokchilar ulushlarning (ulushning bir qismining) nominal qiymati to'langunga qadar; • agar bunday qarorni qabul qilish paytida Shirkat qonunga muvofiq bankrotlik belgilariga javob bersa yoki agar mazkur belgilar Shirkatda shunday qaror qabul qilinishi natijasida paydo bo'lsa; • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda. 11.7. Shirkatning biror-bir Ishtirokchisini foyda yoki zararlarni taqsimlashda ishtirok etishdan chetlatish to'g'risidagi kelishuv haqiqiy emas.

12. SHIRKATNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH

12.1. Shirkatni qayta tashkil etish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.12.2. Shirkat unda ishtirok etgan barcha Hissa qo’shuvchilar Shirkatdan chiqqan taqdirda, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan to’liq shirkatni tugatish asoslari bo’yicha tugatiladi.12.3. Barcha Hissa qo’shuvchilar Shirkatdan chiqqan taqdirda To’liq sheriklar shirkatni tugatish o’rniga uni to’liq shirkatga aylantirishga haqlidirlar.12.4. Shirkat tugatilgan taqdirda, shu jumladan u bankrot bo’lgan taqdirda, Hissa qo’shuvchilar Shirkatning kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qoladigan mol-mulkidan ulushlar olishda To’liq sheriklar oldida imtiyozli huquqqa egadirlar. Shirkatning shundan keyin qolgan mol-mulki To’liq sheriklar o’rtasida, agar Ta’sis shartnomasida yoki To’liq sheriklar va Hissa qo’shuvchilarning kelishuvida boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, ularning shirkat Ustav kapitalidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

13. SHIRKAT ISHTIROKCHILARINING UNING MAJBURIYATLARI YUZASIDAN JAVOBGARLIGI

13.1. To’liq sheriklar Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradilar va Shirkatning majburiyatlari yuzasidan barcha mol-mulki bilan javob beradilar.13.2. Hissa qo’shuvchilar Shirkat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalar doirasida javobgar bo’ladilar hamda Shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etmaydilar. 13.3. Shirkat ta’sis etilganidan keyin ulushning o’tkazilishi yoki huquqiy vorislik tartibida unga a’zo bo’lib kirgan Shirkat Ishtirokchisi u Shirkatga a’zo bo’lib kirgunga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan boshqa ishtirokchilar bilan teng ravishda javobgar bo’ladi. 13.4. Shirkat ta’sis etilganidan keyin yangi ishtirokchini qabul qilish tartibida Shirkatga a’zo bo’lib kirgan Shirkat Ishtirokchisi faqat u Shirkatga a’zo bo’lib kirgandan keyin yuzaga kelgan majburiyatlar bo’yichagina javobgar bo’ladi. 13.5. Shirkatdan chiqib ketgan Ishtirokchi Shirkatning u chiqib ketgan paytga qadar yuzaga kelgan majburiyatlari yuzasidan, u Shirkatdan chiqib ketgan yil uchun Shirkatning faoliyati to’g’risidagi hisobot tasdiqlangan kundan e’tiboran ikki yil mobaynida, qolgan Ishtirokchilar bilan teng ravishda javobgar bo’ladi.13.6. Shirkat Ishtirokchilarining ushbu moddada nazarda tutilgan javobgarlikni cheklash yoki bartaraf etish to’g’risidagi kelishuvi haqiqiy emas.

14. SHIRKAT TAFTISH KOMISSIYASI (TAFTISHCHISI)

14.1. Shirkatning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini nazorat qilib borish uchun Shirkatning taftish komissiyasi tuzilishi yoki taftishchi saylanishi mumkin. Taftish komissiyasini tuzish yoki taftishchini saylash tartibi va ularning vakolati To’liq sheriklarning umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlanadi.14.2. Agar Shirkat Ishtirokchilarining soni o’n beshtaga yetsa Shirkat taftish komissiyasini tuzish yoki taftishchini saylash majburiydir. Ishtirokchi bo’lmagan shaxs ham uning taftish komissiyasi a’zosi yoki taftishchisi bo’lishi mumkin. 14.3. Shirkat taftish komissiyasining yoki taftishchisining vazifalarini To’liq sheriklarning umumiy yig’ilishida aniqlangan, Shirkat va uning Ishtirokchilari bilan mulkiy manfaatlar bo’yicha bog’liq bo’lmagan auditorlik tashkiloti amalga oshirishi mumkin. 14.4. Shirkatning ijro etuvchi organi tarkibiga kiruvchi shaxslar Shirkat taftish komissiyasining a’zolari yoki taftishchisi bo’lishlari mumkin emas.

15. ISHTIROKCHINING SHIRKATDAN CHIQIB KETISHI

15.1. Shirkatning Ishtirokchisi ushbu Ta’sis shartnoma va qonun talablariga rioya etgan holda Shirkatda ishtirok etishdan voz kechish to’g’risida ariza berish yo’li bilan undan chiqib ketishga haqli.15.2. Shirkatda ishtirok etishdan voz kechishini Ishtirokchi Shirkatdan amalda chiqib ketishdan kamida 3 (uch) oy oldin bildirishi kerak. Ushbu uch oy mobaynida Shirkat Ishtirokchi so’rovi asosida uning ulushini boshqa Ishtirokchiga yoki uchinchi shaxsga sotishda yordam berishi mumkin.15.3 Shirkatdan chiqish huquqidan voz kechish to’g’risidagi Ishtirokchilar o’rtasidagi kelishuv haqiqiy emas.15.4. Shirkatda ishtirok etishdan voz kechgan Ishtirokchiga, uning ulushining chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun Shirkatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to’lashi yoki Shirkatdan chiqib ketgan Ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart. 15.5. Chiqib ketayotgan Ishtirokchiga Shirkat shu yili olgan foydaning unga tegishli qismi to’lanadi. Shirkat, chiqayotgan Ishtirokchilarning ulushini qaytarilishini ta’minlash maqsadida, Shirkatningning hisobvarag’laridagi naqd pul mablag’lari miqdorini Ustav kapitalining jami qiymatining kamida 1-5% darajasida saqlanishini ta’minlashga majburdir.15.6. Ishtirokchi vafot etgan taqdirda, uning merosxo’ri To’liq sheriklar qaroriga binoan kirishi mumkin.15.7. Shirkatda ishtirok etgan qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisi bo’lgan yuridik shaxs To’liq sheriklar qaroriga binoan Shirkatga kirishga haqli.15.8. Shirkatga kirmagan merosxo’r (huquqiy voris) bilan hisob-kitoblar ushbu shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. O’ziga tegishli mol-mulkni olgan, lekin Shirkatga kirmagan merosxo’r (huquqiy voris) Shirkatning majburiyatlari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo’ladi.15.9. Ishtirokchilardan biri shirkatdan chiqib ketgan taqdirda, agar Ta’sis shartnomasida yoki Ishtirokchilarning boshqa kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, qolgan Ishtirokchilarning Shirkat Ustav kapitalidagi (ustav kapitalidagi) ulushi tegishlicha ko’payadi.

16. SHIRKATGA YANGI ISHTIROKCHILARNI QABUL QILISH

16.1. Shirkatga yangi Ishtirokchilar To’liq sheriklar qarori bilan qabul qilinishi mumkin. 16.2. Yangi Ishtirokchilar qabul qilinganda Shirkatning Ta’sis shartnomasiga: Ishtirokchilarning Ustav kapitalidagi ulushlari yangi miqdoriga; Shirkatni boshqarish tartibiga (zaruriyatga ko’ra); Shirkatning yangi ishtirokchisi tomonidan qo’shiladigan hissa miqdori, uni qo’shish tartibi, muddatlari va usuliga oid o’zgartirishlar kiritiladi. 16.3. Yangi ishtirokchi qabul qilinishi munosabati bilan Shirkatning Ta’sis shartnomasiga boshqa o’zgartirishlar ham kiritilishi mumkin.

17. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

17.1. Ushbu Ta’sis shartnomasidan kelib chiqadigan yoki unga bog’liq bo’lgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar birinchi navbatda ishtirokchilar o’rtasida ushbu Ta’sis shartnomasiga muvofiq muzokaralar yo’li bilan hal qilinishi kerak. Har bir tomon nizo haqida yozma ravishda xabardor qilishi va uni 30 kalendar kuni ichida hal qilishga harakat qilishi kerak. 17.2. Tomonlar ushbu Ta’sis shartnomasining shartlariga, shu jumladan dividendlarni taqsimlash, Ishtirokchilarning majburiyatlari va ustav kapitalidagi ulushlari to’g’risidagi barcha qoidalarga rioya qilish majburiyatini oladilar. Nizo yuzaga kelgan taqdirda, tomonlar tegishli majburiyat va huquqlarni tekshirish uchun Ta’sis shartnomasiga murojaat qilishlari kerak.17.3. Tomonlar sudga murojaat qilishdan oldin, birinchi navbatda, To’liq sheriklarning umumiy yig’ilishi yoki kelishmovchiliklarni hal qilish uchun tuzilgan maxsus komissiyalar (agar mavjud bo’lsa) kabi ichki nizolarni hal qilish tartib-taomillaridan foydalanish majburiyatini oladilar.17.4. Nizoni muzokaralar yo’li bilan hal qilishning ilojisi bo’lmasa, tomonlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Shirkat joylashgan joyi bo’yicha umumiy yurisdiktsiya sudiga murojaat qilishga haqli. Sud muhokamasi nizoni hal qilishning oxirgi chorasi hisoblanadi va tomonlar shartnomada ko’rsatilgan sudgacha bo’lgan barcha tartib-taomillarni bajarish majburiyatini oladilar.

18. YAKUNIY QOIDALAR

18.1. Agar ushbu Taʼsis shartnomasining biron bir qoidasi (shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan qonunchilikga kiritilgan o’zgartirishlar tufayli) o’z kuchini yo’qotsa, bu qolgan qoidalarning amal qilishiga taʼsir qilmaydi. Bunday holda, Shirkatning To’liq sheriklarining umumiy yig’ilishi ushbu o’z kuchini yo’qotgan Ta’sis shartnomasining qoidasini qonuniy ravishda shunga o’xshash natijaga erishishga imkon beradigan qoida bilan almashtiradi.

19. TO’LIQ SHERIKLAR IMZOLARI

“Devor Investment” mas’uliyati cheklangan jamiyatYakka tartibdagi tadbirkor “Avazov Abdurasul Abdulxayevich”Direktor Avazov A. A. Avazov A. A.