Xonsaroy Money

FOYDALANISH QOIDALARI(OFERTA)

1. Asosiy qoidalar

1.1 Mazkur qoidalar XONSAROY MONEY onlayn platformasidan foydalanishga doir majburiy normalar majmui bo’lib, quyidagi bitimni tuzish uchun oferta hisoblanadi: – Operator (Litsenziar) va Foydalanuvchi (Litsenziat) o’rtasida tuziladigan Litsenziarga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan XONSAROY MONEY onlayn platformasidan tekin, oddiy nomutlaq, muddati cheklanmagan, xududiy jihatdan cheklanmagan holda foydalanish yuzasidan Litsenziya shartnomasi (Foydalanish bitimi); –– Operator (Xizmat ko'rsatuvchi) va Foydalanuvchi o'rtasida tuziladigan XONSAROY MONEY onlayn platformasida yuridik shaxslarning ulushlarni sotib olish va sotish, yuridik shaxslarga ulush kiritish bo'yicha Xizmatlar ko'rsatish shartnomasi. Ulushlarni oldi-sotdi qilish operatsiyalari ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: birinchisi - mavjud sherik yoki kommanditchidan ulushni sotib olish orqali, ikkinchisi - yuridik shaxsga pul mablag'i (hissa) kiritish orqali yangi ta'sischi sifatida kirish orqali. 1.2.Foydalanuvchi platformada ro’yxatdan o’tishni birinchi bosqichini amalga oshirgan vaqtdan va Oferta shartlari bilan roziligini tasdiqlagan vaqtdan boshlab mazkur ofertani Litsenziya shartnomasi kesimida, shuningdek sotib olinayotgan ulush uchun to’lovni amalga oshirish jarayonida Ta’sis shartnomasiga roziligini tasdiqlagan vaqtdan hamda tegishli ulush uchun zarur miqdorda to’lovni amalga oshirish vaqtdan boshlab xizmat ko’rsatish shartnomasi kesimida (to’liq) aksept qilgan (bitim tuzgan) hisoblanadi. Ulushlarni oldi-sotdi shartnomasi ushbu platformada barcha taraflar tomonidan imzolanishi va qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Bunda foydalanuvchining ta'sis shartnomasi shartlariga rozilik bildirishi va to'lovni amalga oshirishi Foydalanuvchi va Operator o'rtasida xizmat ko'rsatish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi yuridik fakt hisoblanadi, ammo bu ulushlarni oldi-sotdi qilayotgan taraflar o'rtasidagi oldi-sotdi shartnomasining o'rnini bosmaydi. Foydalanuvchi Platforma, Axborot resursi va boshqa xizmatlardan foydalanishdan oldin mazkur qoidalar va qonun talablari bilan tanishishi lozim va maxsus qabul qilish belgisi orqali ularni qabul qilishi va tasdiqlashi lozim.

2. Tushunchalar

2.1 Mazkur oferta maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Aksept – Foydalanuvchi tomonidan ushbu oferta shartlarining to’liq va so’zsiz qabul qilinishi (bitim tuzishi). Akkaunt (shaxsiy kabinet) – Platformada shaxs ro’yxatdan o’tganidan so’ng yaratiladigan, Foydalanuvchi tomonidan ro’yxatdan o’tish mobaynida to’ldirilgan o’ziga tegishli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan hamda ximoyalangan virtual kabinet. Axborot resursi – Platformaning axborot tizimidagi mavjud bo’lgan ma’lumotlar, matnlar, materiallar, grafik elementlar, dizayn, rasmlar, fotosuratlar va video materiallar, musiqa, skriptlar, kompyuter dasturlari va boshqa intellektual faoliyat natijalari. Platforma – Oferent tomonidan yaratilgan intellektual faoliyat natijasi bo’lgan XONSAROY MONEY onlayn platformasi (intellektual mulk ob’ekti)da mazkur qoidalar (oferta)da belgilangan tartibda xizmat ko’rsatish imkonini beruvchi maxsus platforma. Taraflar (Tomonlar) – oferta bo’yicha bitim tuzishda ishtirok etayotgan Xizmat ko’rsatuvchi (Operator) va Foydalanuvchi. Foydalanuvchi (Litsenziat) – Platformada belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan, ofertaga roziligini tasdiqlagan (aksept qilgan) voyaga yetgan jismoniy shaxs. Kommanditchi – tegishli ulush uchun belgilangan to’lovni amalga oshirgan hamda qonun hujjatlari va mazkur ofertada belgilangan tartibda yuridik shaxsning hissa qo’shuvchilari ro’yxatiga kiritilgan foydalanuvchi. Xizmat – Xizmat ko’rsatuvchi tomonidan yaratilgan, XONSAROY MONEY onlayn platformasi orqali Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan funktsiyalar majmui. Xizmat ko’rsatuvchi (Litsenziar, Oferent, Operator) – O’zbekiston Respublikasi qonunlari bo’yicha ro’yhatdan o’tgan va faoliyat yurituvchi «Devor Investment va kompaniya kommandit shirkat» Kommandit shirkati. Tartibga soluvchi huquq – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari mazkur oferta bo’yicha tartibga soluvchi huquq (Governing law, Applicable law) hisoblanadi. Mazkur qoidalar maqsadlari uchun «Litsenziar» atamasi «Xizmat ko’rsatuvchi» / «Operator»ni (va aksincha), shuningdek «Foydalanuvchi» atamasi «Litsenziat»ni (va aksincha) anglatadi.

3. Bitim predmeti va summasi

3.1. Mazkur ofertaning predmetiga muvofiq: - Oferent, intellektual faoliyat natijasi (Platforma)ga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo’lgan Litsenziar sifatida Litsenziatga intellektual mulk ob’ektidan foydalanishga ruxsat beradi, Litsenziar esa mazkur qoidalarda belgilangan tartibda Platformadan foydalanish majburiyatini oladi; - Xizmat ko’rsatuvchi (Operator) Foydalanuvchiga XONSAROY MONEY onlayn platformasi orqali yuridik shaxslardagi ulushlarni sotib olish imkoniyatini taqdim etadi, Foydalanuvchi esa ushbu funktsiyalardan mazkur qoidalarda belgilangan tartibda foydalanadi 3.2. Ushbu Oferta bo’yicha ulushlar qiymatining miqdori Platformada joylashtirilgan tegishli ulush haqidagi ma’lumotlarda belgilab o’tiladi.

4. Huquq va majburiyatlar

4.1 Foydalanuvchining huquqlari:

o’ziga tushunarsiz holatlar yuzasidan Operator tomonidan tashkil etilgan aloqa vositalari orqali qo’shimcha ma’lumotlar olish; Platformada e’lon qilingan ma’lumotlar bilan oldindan to’liq tanishish, ulardan belgilangan tartibda foydalanish; ushbu ofertada ko’zda tutilgan huquqlardan foydalanish, shuningdek o’zga shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmaydigan, Tartibga soluvchi huquqda belgilangan huquqlardan foydalanish.

4.2 Foydalanuvchining majburiyatlari:

Platformada faoliyat yuritish maqsadida foydalanilayotgan qurilmaning sozligi va foydalanish uchun minimal texnik talablarga javob berishi, shuningdek Xizmat ko’rsatuvchiga bog’liq bo’lmagan har qanday holatlar bo’yicha mas’uliyatni shaxsiy zimmasiga olish; Platformadan qonunga va ushbu qoidalarga zid ravishda foydalanmaslik, shuningdek Platformaga kiritilgan shaxsiy ma’lumotlarni va to’lovlarni ongli ravishda va ixtiyoriy amalga oshirish; Platforma orqali hamda Platformaga aloqador ijtimoiy tarmoqlarga shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, pornografik mazmundagi, giyohvand moddalar, qurol tarqatilishiga va ularga bo’lgan qiziqish oshishiga turtki bo’ladigan, terrorizmning istalgan shaklini, har qanday noqonuniy faoliyatni ommalashishiga olib keladigan materiallarni yubormaslik; shaxsiy ma’lulotlarini Platformaga kiritishda (ro’yxatdan o’tishda) boshqa shaxslarni tahqirlovchi, haqoratlovchi, qo’pol, zararli, tajovuzkor, g’iybatli, tuxmat va behayo mazmunga ega bo’lgan yoki huquqiy normalarni buzadigan ma’lumotlarni joylashtirmaslik; Platformadagi o’z shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan shaxsiy kabinetga kirish uchun zarur bo’lgan telefon raqam va parolning platformaga kirish maqsadida foydalanilgan qurulmaning xavfsiz emasligi natijasida uchinchi shaxslarning ixtiyorida bo’lib qolmasligini ta’minlash; mazkur Qoidalar va Tartibga soluvchi huquqda belgilangan majburiyatlar va xalqaro huquq me’yorlariga hurmat bilan munosabatda bo’lish; ro’yxatdan o’tish davomida to’liq, to’g’ri va aniq ma’lumotlarni kiritish. Foydalanuvchi tomonidan yuqoridagi majburiyatlar bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi Xizmat ko’rsatuvchi tomonidan Tartibga soluvchi huquqda va ushbu qoidalarda belgilangan tartibda chora ko’rilishiga sabab bo’ladi.

4.3 Operatorning huquqlari:

Foydalanuvchining Platformadagi shaxsiy kabineti orqali bajarilgan barcha xarakatlar Foydalanuvchi tomonidan bajarilgan deb hisoblash; Foydalanuvchi tomonidan Platformada amalga oshirilgan har qanday harakat uchun javobgar bo’lmaslik; Foydalanuvchi tomonidan ushbu qoidalarda belgilangan majburiyatlarni qo’pol ravishda buzilgani yoki faoliyatni tashkil etish jarayonida boshqa qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish; Foydalanuvchi tomonidan ushbu qoidalarda belgilangan majburiyatlarni buzilgani yoki faoliyatni tashkil etish jarayonida boshqa qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Foydalanuvchi tomonidan ro’yxatdan o’tish davomida noto’g’ri yoki noaniq ma’lumotlar kiritilgan taqdirda uning Platfromadan foydalanish imkoniyatlarini qisman yoki to’liq cheklash; Foydalanuchi Platformada amalga oshirgan har qanday harakatlar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash; Platformaga, xizmat ko’rsatish tartibiga va jarayoniga, shuningdek, mazkur ofertaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish. Ushbu ofertaga o`zgartirish kiritilishidan avval o`zgartirish haqida foydalanuvchi 10 kun avval xabardor qilinadi. Agar foydalanuvchi ushbu o`zgartirishga qarshi ekanligi to`grisida 10 kun Ichida operatorga xabar qilmasa, u ushbu o`zgartirishga ro`zi ekanligini tasdiqlagan bo`ladi. Foydalanuvchi tomonidan to’lov to’liq amalga oshirilmaguniga qadar ulushni sotmaslik; Foydalanuvchining telefon raqami va elektron pochta manziliga maqsadli reklama va push-habarnomalar yuborish; ushbu foydalanish qoidalari va qonunda ko’zda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.

4.4 Operatorning majburiyatlari:

Platfromadagi barcha funksiyalarni tegishli muddat davomida uzluksiz ishlashini ta’minlash (Operatorga bog’liq bo’lmagan holatlar bundan mustasno); Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlanishini ta’minlash; belgilangan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni to’lab borish; ushbu oferta va qonunda ko’zda tutilgan majburiyatlarni bajarish.

5. Foydalanuvchini ro’yxatdan o’tkazish

5.1. Foydalanivchi Platformada ro’yxatdan o’tish jarayonini ikki bosqichda amalga oshiradi. 5.2. Birinchi bosqichda Foydalanuvchi Platformaga kirish uchun o’ziga tegishli bo’lgan mobil qurilma orqali telefon raqam va telefon raqamini tasdiqlash uchun unga yuborilgan maxsus koddan foydalanadi. Unga yuborilgan maxsus kodni kiritish, Ofertaga roziligini tasdiqlash maxsus belgisini qo’yish va “Davom etish” tugmasini bosish orqali mazkur ofertani Litsenziya shartnomasi kesimida qabul qiladi 5.3. Birinchi bosqich yakuniga ko’ra Foydalanuvchining shaxsiy sahifasi yaratiladi va Foydalanuvchi Shaxsiy kabinetga kirish huquqini oladi. 5.4. Yuridik shaxslarning ulushlarini sotib olish uchun Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tishni ikkinchi bosqichini amalga oshirishi lozim. 5.5. Ro’yxatdan o’tishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun Foydalanuvchi Platformada talab etilgan shaxsiy ma’lumotlarni kiritish orqali ro’yxatdan o’tish tartibini bajaradi. 5.6. Platformada ro’yxatdan o’tishda Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tish shakliga muvofiq o’zi haqida to’g’ri, to’liq va aniq ma’lumot beradi. Foydalanuvchi o’zi haqidagi ma’lumotlarni xaqqoniyligiga o’zi javob beradi. 5.7. Basharti, Foydalanuvchi tomonidan yolg’on yoki noaniq ma’lumotlar kiritilgan taqdirda yoki Xizmat ko’rsatuvchi kiritilgan ma’lumotlarni ishonchsiz deb hisoblashiga asos bo’lsa, Xizmat ko’rsatuvchi ushbu ma’lumotlarning to’g’riligi tasdiqlanmagunga qadar Foydalanuvchining Platformadagi funksiyalarni qisman yoki to’liq bloklash huquqiga ega. 5.8. Foydalanuvchi Platformada faqat bitta akkauntga ega bo’lishi mumkin. Platformada ro’yxatdan o’tayotganda boshqa shaxsga taqlid qilish yoki uchinchi shaxslarning ma’lumotlarini taqdim etishga yo’l qo’yilmaydi. 5.9. Platformada Foydalanuvchining avtorizatsiyasi (shaxsiy kabinetga kirish) telefon raqam va unga yuborilgan maxsus kod asosida amalga oshiriladi. 5.10. Foydalanuvchi shaxsiy mobil qurilmasi, telefon raqami, elektron pochtasi va ularga yuborilayotgan maxsus kodlarni xafsizligi va uchunchi shaxslarga o’tmasligi uchun shaxsan javobgardir. 5.11. Uchinchi shaxslar Foydalanuvchining mobil qurilmasi, telefon raqami, elektron pochtasi va ularga yuborilayotgan maxsus kodlardan foydalanganligi uchun Xizmat ko’rsatuvchi javobgar emas. 5.12. Foydalanuvchi mobil qurilmasi, telefon raqami, elektron pochta manzili uchinchi shaxslar qo’liga tushib qolgan hollarda va/yoki Foydalanuvchining mobil qurilmasi, telefon raqami, elektron pochta manzilidan foydalanib Platformaga uchinchi shaxslar kirgan barcha holatlar to’g’risida zudlik bilan Platforma ma’sul xodimiga xabar beradi. Bunday xabar kelguniga qadar Foydalanuvchining mobil qurilmasi, telefon raqami, elektron pochta manzili yordamida amalga oshirilgan Platformadan foydalanish bo’yicha barcha harakatlar Foydalanuvchining o’zi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi. 5.13. Xizmat ko’rsatuvchi ushbu Qoidalar Foydalanuvchi tomonidan buzilganda / bajarilmaganda yoki Foydalanuvchidan ushbu Qoidalarga muvofiq xabarnoma olgan taqdirda Platformaning ayrim xizmatlariga kirishni cheklash, Foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga kirish imkoniyatini qayta verifikatsiya (tasdiqlash taomili)ga qadar blokirovka qilish huquqiga ega.

6. Ulushni sotib olish tartibi

6.1. Shirkat ishtirokchisi o'z ulushini Shirkatning boshqa ishtirokchisiga oldi-sotdi bitimi asosida sotishi mumkin. Bunday holatda, ulushni sotmoqchi bo'lgan ishtirokchi o'z niyati haqida boshqa barcha ishtirokchilarga va Operatorga yozma ravishda xabar berishi shart. Xabarnomada sotiladigan ulush miqdori va taklif etilayotgan narx ko'rsatilishi lozim. Ulush narxi ishtirokchilar o'rtasida erkin kelishuv asosida belgilanadi. Oldi-sotdi bitimi amalga oshirilgandan so'ng, yangi ulush egasi 3 ish kuni ichida Operatorga tegishli hujjatlarni taqdim etishi shart. 6.2. Shirkatga pul (hissa) kiritish orqali yangi ishtirokchi sifatida Shirkatga kirish uchun manfaatdor shaxs Shirkat kirish to'g'risidagi kelishuv bitimi asosida o'z hissasini kiritishi mumkin. Buning uchun, dastlab barcha mavjud ishtirokchilarning yozma roziligi talab etiladi. Yangi ishtirokchining kiritayotgan hissasi miqdori va shu asosida oladigan ulushi Shirkat umumiy yig'ilishida tasdiqlanadi va kelishuv bitimida aks ettiriladi. Yangi ishtirokchi kiritadigan hissa barcha mavjud ishtirokchilar roziligi bilan pul mablag'lari, mulk yoki boshqa aktivlar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Har qanday holatda, kiritilayotgan hissaning qiymati Shirkat tomonidan belgilangan tartibda baholanadi. 6.3. Sotib olinadigan ulush uchun to’lovni amalga oshirishdan oldin Foydalanuvchi tegishli ulush tavsifi va uni sotib olish shartlari bilan mustaqil ravishda tanishishi shart. Shuningdek, to’lovni amalga oshirish bosqichida foydalanuvchiga tegishli ta’sis shartnomasi bilan tanishish imkoniyati beriladi. Foydalanuvchi ta’sis shartnomasi bilan mustaqil ravishda tanishish va elektron raqamli imzo (ERI) qo’yish orqali ushbu ofertada va tegishli ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan shartlarda ulushni sotib olishga roziligini tasdiqlash majburiyatini oladi. 6.4. Foydalanuvchi ta’sis shartnomasi bilan tanishib chiqganidan so’ng, to’lovni amalga oshirish va ro’yxatdan o’tgan raqamgia yuborilgan SMS-kodni kiritish orqali tegishli ulushni sotib olishga roziligini bildiradi. 6.5. To’lovni amalga oshirish orqali Foydalanuvchi investitsiya faoliyati tadbirkorlik tavakkalchiligini o’z ichiga olganligini tan oladi va Foydalanuvchi (Operator yoki boshqa sherik) hamda Xizmat ushbu faoliyat bilan bog’liq tavakkalchilikdan kelib chiqadigan har qanday moliyaviy oqibatlar uchun javobgarlikdan ozod qiladi va bu javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Foydalanuvchi mazkur bitimda ulushlarning davlat ro'yxatidan o'tkazilishi bilan bog'liq xususiyatlarni qabul qiladi va tasdiqlaydi. Shu jumladan, ulush sotib olingandan (yoki kiritilgandan) to davlat ro'yxatidan o'tkazilgunga qadar bo'lgan davrda barcha tavakkalchiliklar Foydalanuvchiga yuklatiladi. Ulushdagi o'zgarishlar davlat ro'yxatidan o'tkazilishidan qat'i nazar, to'lov amalga oshirilgan paytdan boshlab barcha moliyaviy va huquqiy tavakkalchiliklar Foydalanuvchi zimmasiga o'tadi. Foydalanuvchi bu shartlarni to'liq tushunga holda va ularga rozi bo'lib bitimni amalga oshiradi. 6.6. Ulushni sotib olish uchun Foydalanuvchi barcha kerakli ma’lumotlarni to’ldirish va belgilangan miqdorda to’lovni amalga oshirish majburiyatini oladi. 6.7. Sotib olinayotgan ulush uchun to’lov “Payme” to’lov tizimi vositasida sotuvchi (Operator, yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs) bank hisob raqamiga pul o’tkazish yo’li bilan Foydalanuvchidan talab etiladigan ma’lumotlarni ko’rsatgan holda amalga oshiriladi. “Payme” to’lov tizimi vositasida to’lovlar faqatgina Humo va UzCard to’lov kartalari orqali amalga oshiriladi. “Payme” to’lov tizimidan foydalanish tartibi https://payme.uz havolasida joylashtirilgan foydalanish qoidalari bilan tartibga solinadi. 6.8. Sotib olinayotgan ulush uchun to’lov O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi. 6.9. Foydalanuvchini kommanditchilar ro’yxatiga kiritish yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga o’zgartirishlar kiritish va uning ta’sis hujjatlarini tegishli o’zgartirishlar bilan qayta ro’yxatdan o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.. 6.10. Ta’sis hujjatlariga o’zgartirishlar kiritish va qayta ro’yxatdan o’tkazish Foydalanuvchi tomonidan tegishli to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida amalga oshiriladi. 6.11. Foydalanuvchi yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari qayta ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab kommanditchi maqomini oladi. Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari qayta ro’yxatdan o’tkazilgan sana uning ustav kapitalidagi ulushni sotib olgan sana hisoblanadi. 6.12. Ta’sis hujjatlari qayta ro’yxatdan o’tkazilgan kundan boshlab 5 kun ichida Foydalanuvchiga yuridik shaxsning kommanditchilar (hissa qo’shuvchilar) ro’yxatiga kiritilganligi to’g’risidagi guvohnoma yuboriladi, unda sotib olingan ulush miqdori va uning nominal qiymati ko’rsatiladi.

7 Intellektual mulk

7.1. Platformada joylashtirilgan Axborot resursini tashkil etuvchi barcha ob’ektlar, shu jumladan cheklanmagan ma’lumotlar, matnlar, materiallar, grafik elementlar, dizayn, rasmlar, foto va video materiallar, musiqa, skriptlar, kompyuter dasturlari, xizmatlar, tuzilma va ularga bo’lgan huquqlar («Intellektual mulk ob’ektlari») Xizmat ko’rsatuvchiga tegishli. 7.2. Foydalanuvchi Intellektual mulk ob’ektlaridan faqat shaxsiy maqsadlarida ushbu Qoidalar va qonunda nazarda tutilgan shartlar doirasida Platformaning funksional imkoniyatlari doirasida foydalanishga haqli. 7.3. Foydalanuvchi unga foydalanish uchun taqdim qilingan barcha turdagi Intellektual mulk ob’ektlarini uchinchi shaxslarga har qanday shaklda tarqatishi taqiqlanadi. 7.4. Intellektual mulk ob’ektlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish maqsadida Xizmat ko’rsatuvchi har qanday himoya vositalaridan – Intellektual mulk ob’ektlariga kirishni nazorat qiluvchi, taqiqlovchi, cheklovchi, mobil qurilma ekranini videoga yozib olishni va suratga olishni taqiqlovchi texnologiyalar, texnik vositalar yoki ularning tarkibiy qismlaridan foydalanishga haqli. 7.5. Xizmatlar bilan bog’liq ravishda foydalaniladigan tovar belgilari va logotiplar tegishli egalariganing Intellektual mulk ob’ektlari hisoblanadi.

8 Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va maxfiylik

Taraflar Oferta bo’yicha majburiyatlarni bajarish doirasida olingan har qanday ma’lumotlari bilan ishlashda maxfiylikni ta’minlashni va ushbu ma’lumotlardan faqat yuqoridagi majburiyatlarni bajarish maqsadida foydalanishni va ushbu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyatini oladilar. 8.2. Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tishda shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etish orqali mazkur ofertani tartibga soluvchi qonun doirasida Xizmat ko’rsatuvchi tomonidan ularga ishlov berishga (qayta ishlash) rozilik beradi. Ushbu rozilikni yozma shaklda rasmiylashtirilish talab etilmaydi. 8.3. Xizmatlardan foydalanish va Platformada ro’yxatdan o’tish uchun Foydalanuvchi quyidagi ma’lumotlarni majburiy tarzda taqdim etishi kerak: F.I.Sh., tug’ilgan sanasi, jinsi, telefon raqami, elektron pochta manzili, pasport ma’lumotlari, shuningdek, Foydalanuvchi identifikatsiyadan o’tishi uchun yuzni skanerlashdan o’tishi shart. Shuningdek, platformaga kirishda boshqa qo’shimcha ma’lumotlar so’ralishi mumkin. 8.4. Xizmat ko’rsatuvchi Foydalanuvchini Platformada ro’yxatdan o’tkazish va unga avtorizatsiya qilish, shartnoma tuzish va rasmiylashtirish, shuningdek, Foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlaydi. 8.5. Xizmat ko’rsatuvchi quyidagi maqsadlarda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga haqli: Foydalanuvchini platformada ro’yhatdan o’tkazish; Foydalanuvchi oldidagi o’z majburiyatlarini bajarish; Foydalanuvchiga xizmatlarni taqdim etish, shu jumladan Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy (maqsadli) reklama olish; Foydalanuvchidan fikr va mulohaza olish, Platforma ishini baholash va tahlil qilish; Platformaning xizmatlari va bo’limlarini takomillashtirishga, shuningdek yangi xizmatlar va Platforma bo’limlarini ishlab chiqishga imkon beradigan ma’lumotlarni tekshirish, o’rganish va tahlil qilish; Foydalanuvchi xabarnomalarini elektron pochta orqali, SMS shaklida, push xabarnomalar shaklida yuborish; Xizmat ko’rsatuvchi tomonidan o’tkaziladigan aksiyalarda g’olibni aniqlash uchun; Xizmat predmetiga doir masalalar yuzasidan tatqiqot tashkil etish; Yuridik shaxsning ustav kapitalidagi ulushini sotib olish bilan bog’liq va undan kelib chiqadigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo’lgan maqsadlarda. 8.6. Xizmat ko’rsatuvchi Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini ruxsatsiz kiritish, o’zgartirish, oshkor qilish yoki yo’q qilishdan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko’radi. 8.7. Xizmat ko’rsatuvchi Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari faqat Platformaning ishlashi va Foydalanuvchiga xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlash uchun ushbu ma’lumotlar zarur bo’lgan xodimlar, agentlar, Xizmat ko’rsatuvchining affillangan shaxslariga foydalanish uchun kirish huquqini beradi. 8.8. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni oshkor qilish sud va boshqa vakolatli idoralar iltimosiga binoan, shuningdek mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunning asosli va amaldagi talablariga muvofiq ravishda ma’lumotlarni oshkor qilinishi maxfiylik bo’yicha majburiyatlarning buzilishi deb hisoblanmaydi. 8.9. Xizmat ko’rsatuvchi qonun talablari doirasida (shu jumladan, Foydalanuvchilarning noqonuniy harakatlarining oldini olish maqsadida) Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega. 8.10. Foydalanuvchi o’zining akkaunti (shaxsiy kabineti)da joylashtirilgan ma’lumotlarning egasi hisoblanadi. Xizmat ko’rsatuvchi ma’lumotlarni shakllantirishda ishtirok etmaydi, boshqa shaxslar Foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga kirishini nazorat qilmaydi (ushbu Qoidalarda va qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno). 8.11. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini joylashtirish orqali Platformaning arxitekturasi va funktsionalligini hisobga olgan holda ushbu ma’lumot boshqa foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lishini tan oladi va roziligini bildiradi. 8.12. Platformadagi har qanday shaxsiy ma’lumotlarini joylashtirishi Foydalanuvchining o’z tashabbusi va istagi bilan amalga oshirilib, Foydalanuvchi o’zi joylashtirgan ma’lumotlarning mazmuni va qonunga muvofiqligi uchun mustaqil ravishda javobgar hisoblanadi. 8.13. Foydalanuvchi o’z mobil qurilmasi va telefon raqami xavfsizligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Xizmat ko’rsatuvchi ushbu Qoidalar shartlari Foydalanuvchi tomonidan buzilishi natijasida shaxsiy ma’lumotlarning yo’qolishi uchun javobgar emas. 8.14. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari Platformaning butun faoliyati davomida saqlanadi va qayta ishlanadi. 8.15. Xizmat ko’rsatuvchi Platforma tarkibini shaxsiylashtirish va foydalanish tajribasini takomillashtirish maqsadlarida cookie-fayllardan foydalanadi. Cookie-fayllarni o’chirish yoki blokirovka qilish Platformada foydalanuvchi interfeysiga ta’sir qilishi va Platformaning ba’zi tarkibiy qismlaridan foydalanishning cheklanishiga sabab bo’ladi. 8.16. Xizmat ko’rsatuvchi ushbu ofertani amalga oshirish jarayonida olingan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash va Foydalanuvchining roziligisiz ularning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik majburiyatini o’z zimmasiga oladi. 8.17. Xizmat ko’rsatuvchi xizmat ko’rsatish jarayonida affillangan shaxslar, pudratchilar va xizmat ko’rsatishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishi shaxsga doir ma’lumotlarni maxfiyligini buzilishi hisoblanmaydi. 8.18. Agar Xizmat ko’rsatuvchi tomonidan Foydalanuvchining shaxsiy kabineti yoki shaxsiga doir boshqa ma’lumotlarini uchinchi shaxs yoki zararli dasturiy ta’minotlar tomonidan ishlatilishi haqida shubha tug’ilsa, Xizmat ko’rsatuvchi platformaga kirishni bir tomonlama cheklash huquqiga ega.

9. Taraflarning javobgarligi

9.1. Taraflar mazkur qoidalar (oferta) va qonun talablarini buzganlik, majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 9.2. Xizmat ko’rsatuvchi quyidagilar uchun javobgar bo’lmaydi: Platformada ro’yxatdan o’tishda Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning aniqligi va to’g’riligi; Foydalanuvchining xizmatdan maqsadsiz, qonun va mazkur qoidalar talablariga zid ravishda foydalanishi natijasida uchinchi shaxslar oldida yuzaga kelgan majburiyatlar, shu jumladan har qanday zarar; Ком Foydalanuvchilar va boshqa uchinchi shaxslar tomonidan o’zgalar tomonidan qoldiriladigan izoh va sharhlar; Xizmat ko’rsatuvchining aybi bilan sodir bo’lgan holatlarni istisno qilganda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo’lishi natijasida yetkazilishi mumkin bo’lgan zarar; Xizmat ko’rsatuvchiga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra xizmat sifatining yomonlashishi, kechikishi, tizimdagi uzilishlar, shuningdek to’lov tizimlari faoliyatidagi nuqsonlar; Foydalanuvchi elektron pochta manzilini o’chirib yuborishi yoki boshqa sabablarga ko’ra unga kirish imkoniyatini yo’qotishi, mobil qurilmasi va telefon raqamini o’zgartirishi, mobil qurilmasi va telefon raqamini yo’qotishi. Ushbu holatda Foydalanuvchi o’zi javobgar hisoblanadi; Xizmatlar doirasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik asosida vujudga keladigan har qanday moliyaviy oqibatlar uchun. Ushbu holatda Foydalanuvchi o’zi javobgar hisoblanadi.

10. Axborot resursidan foydalanish uchun foydalanuvchi mobil qurilmasiga texnik talablar

10.1 Axborot resursidan foydalanishni ta’minlash uchun Foydalanuvchilarga quyidagi minimal parametrlarga ega shaxsiy mobil qurilmalardan foydalanish tavsiya qilinadi: Android 12 va undan yuqori; IOS 15 va undan yuqori; 1 Mb/s dan baland bo’lgan internet tezligi.

11. Yakuniy qoidalar

11.1. Ushbu Oferta va uni bajarish bilan bog’liq barcha munosabatlar (masalalar) mazkur qoidalar va uni tartibga soluvchi qonunda belgilangan tartibda hal etiladi va ularga muvofiq talqin etiladi. 11.2. Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunga muvofiq hal qilinadi. 11.3. Foydalanuvchi va Oferent o’rtasida yuzaga kelgan ushbu ofertani amalga oshirish bilan bog’liq nizolar o’zaro muzokaralar yo’li bilan hal qilinadi. O’z huquqlari buzilgan deb hisoblagan tomon boshqa tomonga nizoni ko’rsatgan holda yozma (elektron) e’tiroz yuboradi. Agar nizo e’tiroz olingan kundan boshlab 15 ish kuni davomida hal qilinmasa, nizo mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan hal qilinadi. 11.4. Ushbu Ofertaning muayyan qismi qonunda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilishi yoki boshqa tarzda ijrosining cheklanishi, Ofertaning qolgan qismi amal qilishiga ta’sir etmaydi. 11.5. Ushbu Qoidalar Platformada e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va amal qilish muddati cheklanmagan. 11.6. Mazkur qoidalar Xizmat ko’rsatuvchi tomonidan tasdiqlangan bo’lib, Xizmat ko’rsatuvchi qoidalarga o’z ixtiyoriga ko’ra bir taraflama istalgan vaqtda o’zgartish va qo’shimchalar kiritish (shu jumladan, qisman yoki to’liq bekor qilish) huquqiga ega. 14.7. Qoidalarning yangi tahriri Platformada e’lon qilingan (joylashtirilgan) paytdan kuchga kiradi. Foydalanuvchi Qoidalarning yangilanishini Platforma orqali mustaqil kuzatib borishi lozim.

12. Oferentning rekvizitlari

Oferent: «Devor Investment va kompaniya kommandit shirkat» Kommandit shirkati. Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Axilobod MFY, 13-mavze, 72-uy; STIR: 311 952 280 Tel.: +998 (90) 965-76-34 E-mail: official@xonsaroymoney.uz